Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | Qor bosgan dovon 3-qism //ςεκρετηιγ παρεη//
oyoqlar na bunday iliganga o‘xshar, na birdan muzlab, bizni tinch qo‘yar edi. La’nati boshmoq ichiga xuddi aysberg muzidan bir bo‘lak joylangandek! Nishon bo‘ynidagi sharfni yechib oyog‘iga o‘radi. Malik bilan men ham shunday qildik. Ammo quloq-burun boshqa-yu, oyoq boshqa, ular har xil etdan yaralgan ekan.
Bir vaqt Nishon piq-piq qila boshladi.
— E-ha, Gamletim, o‘ylay-o‘ylay oxiri o‘lmoqqa jazm etdilarmi, — dedi Malik. Ichimizda dadilrog‘imiz ham, sho‘xrog‘imiz ham shu edi. — Tentak bo‘lib qoldi bu, — dedi keyin menga qarab va jiddiy uqtirdi: — Sovuq yomon-da, odamni mana shunday tentak qilib qo‘yadi. Sen ham ehtiyot bo‘l!
— Yig‘layapman, — dedi Nishon qalt-qalt uchib, eshitilar-eshitilmas. — Picha isiganga o‘xshayman. Sizlar ham yig‘langlar.
— Ana, aytmadimmi?! — dedi Malik yana kulgiga olib. — Sog‘ odam shu havoda isidim, deydimi?
Biroq, ko‘p o‘tmay Malik ikkalamiz ham «tentak bo‘lib qoldik» — boshqa iloji yo‘q edi. Chindan ham, odam sal yengil tortgangami, isigangami o‘xshadi. Toshbaqa misol bo‘ynimizni ichimizga tortgan ko‘yi g‘ujanak bo‘lib, uvillagancha bir-birimizning pinjimizga tiqilamiz. Rahmi keldimi, Malik Nishonning oyog‘ini bag‘riga oldi, men oyog‘imni asta Nishon tomon uzatdim…
Biz hozir «ajdaho»ning naq «oshqozoni»da edik. Hali ancha yurishimiz kerak, ancha. Boyagi hazil-mutoyibayu «ashula», «yig‘i» — hech biri kor qilmay qoldi. Endi go‘yo ortiq sezgi-hisdan mahrum, jonsiz uchta gavda, uch jasad «ajdaho oshqozoni»da qalqib-qalqib shunchaki suzib yuribdi, xolos. Faqat bu jasadlarning ich-ichida bittadan chiroq miltillaydi: «Axir, uyga boryapmiz-ku, uyimizga! Axir, yetarmiz-ku! Uyimiz issiq, pechka bor, sandal bor, olma, uzum, behi…»
Bir vaqt mashina to‘xtadi, g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozlar eshitildi. Karaxt, bemajol gavdalarimizni ko‘tarib qaradik.
Ura! «Ajdahoning qorni» — daradan chiqibmiz! Ana, ko‘kish g‘ubor ichida ikki adir oralig‘idagi soylikda joylashgan besh-o‘n xonadonli Avjin ovuli! Undan naryog‘i — yarim soatlik yo‘l. Ura!
Mashinamiz soylikka engan joyda to‘xtab turardi. Oldi qarmoqqa o‘xshagan, kamonsimon xoda bilan to‘silgan; yo‘l chetida omonatgina taxta hujra. Shlagbaum! Egnida eski chakmon, to‘shi ochiq, yuz-ko‘zini soqol bosgan bir kishi kabina oldida Safarov bilan munozara qilmoqda.
— Meni taniyapsizmi o‘zi, Bo‘ron aka? — derdi Safarov bo‘g‘ilib.
— Menga bunday siyosat qilmang, xo‘pmi! Men sizni tanimayman! — derdi kishi jangarilik bilan. — Aytdim-ku, mumkin emas!
— Ebi, bu odamga bir balo bo‘lganmi o‘zi? Har kuni o‘tib-qaytib yurgan yo‘limiz bo‘lsa…
— Bugun o‘tmaysiz-da. Bugun — kalantir!
— Axir, ertalab ketayotganimizda hech gap yo‘q edi-ku? Qorangizni ham ko‘rmadik? Qachondan boshlab…
— Hozirdan boshlab — kalantir! Tushdan keyin shunday buyruq bo‘ldi. Yuqoridan!
— Qo‘ying, Bo‘ron aka, o‘zimizning odamsiz, — deya Safarov kabina eshigini ochib oyog‘ini tushirarkan, murosa qilishga urindi: — Anov ola tayog‘ingizni ko‘taring endi, yo‘ldan qoldirmang odamni buytib. Tepada yuk bor, ko‘ryapsiz.
— Anovilar-chi? Ular ham yukmi?
— Ular… — Safarov biz tomon o‘girildi, — o‘zimizning bolalar, ustudentlar.
— Ayting, tushsin.
— E-e, qo‘ying-da shu gapni, Bo‘ron aka! Toshkentday joydan praznik qilib kelishyapti, uylariga borishi kerak.
— Uyiga shunday ko‘karib boradimi? Uni qarang, sob bo‘pti-ku bari. Yo‘q, tushadi, gap tamom! Kalantir!
— E, karantinlamay keting! — dedi Safarov achchiqlanib. — Taxta-maxta kerak bo‘lsa, bunday aylantirib o‘tirmay…
— Kalantir deyapman, musulmon, taxta emas!
— O‘ bobo, mana bu Abrayevning o‘g‘li bo‘ladi! — dedi Malik meni ko‘rsatib.
— E, menga desang, xudoning uli bo‘lmaysanmi — tushasan!
— Ha, bular tushsa, bizni qo‘yib yuborasizmi, axir? — dedi Safarov ilojini topgandek.
— Tushsin qani.
Mehribon Safarov qo‘llarini ikki yonga yozgancha bizlarga qarab nochorona iljaydi:
— Jiyanlar, o‘zlaring ko‘rib turibsizlar, bu odamga xudo bas kelmasa…
Mashinadan birinchi bo‘lib Nishon tushdi. Tushdi-yu, joyidan turolmay o‘tirib qoldi.
— Ha? — dedi Malik unga engashib.
— Oyog‘im… — Nishonning afti ayanchli bujmaydi.
— Bular endi nima qiladi? — dedi Safarov.
— Ishingiz bo‘lmasin, siz ketavering, — dedi kishi to‘siqni ko‘tarib mashinaga yo‘l ocharkan

.— Aytganday, qachondan beri bu karantinchilikka o‘tdilar? Ilgari chorvada edilar shekilli? Yo bunisi beg‘alva, serdaromadroq ekanmi? — Safarov kinoya bilan uni bir achitmoqchi bo‘ldi.
— Bu yo‘ldan sizga o‘xshaganlar o‘tadigan bo‘lsa, men doim shu yerdaman!
— Zo‘rsiz, zo‘rsiz, — dedi Safarov gapga e’tibor bermay va kabina eshigini yoparkan, bizdan uzr so‘ragan bo‘ldi: — Xafa bo‘lmaysizlar endi, jiyanlar.
Mashina g‘ubor ichida ko‘rinmay ketgach, yonimizdagi kishi «Noinsof!» deb to‘ng‘illadi va bizga o‘girildi:
— Yuringlar.
U qiyalikka qarab yo‘l boshladi. Malik ikkovimiz Nishonni ikki yonidan olib indamaygina unga ergashdik.
U bizni kayoqqa olib bormoqchi? Nega yo‘ldan qoldirdi? Qayoqdan paydo bo‘ldi o‘zi? Maqsadi nima? La’nati «kalantir»!
Oldimizda ho‘qqidek bo‘lib churq etmay
Joziba.Ru - Eng jozibali portal
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: O`qish davrida
Yozdi: * ツ-Cσcαinе-ツ  (3 Apr 2019, 14:49)
Ko'rilgan: 319
Reyting: 0
*1 | 1*
Fikrlar: (0)
Saytda 1 soat davomida faol bo'ling va saytdan to'liq foydalaning!
Faollik vaqtingiz:
Xabar yo'q!
Bosh sahifa