Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | Chimildiqqa kirgan chol //ςεκρετηιγ παρεη// Yakuniy qism
yetgan to‘y bo‘ldi. To‘lanboy ota xuddi qirchillama yigitdek chimildiqqa kirdi, xuddi o‘n sakkiz yashar qizdek hurkibgina turgan Marjonni dast ko‘tarib qirq qavatli ko‘rpa, ko‘rpa emas, taxtiravonga ohista qo‘ydi. Kayvoni yangalar qiy-chuv ko‘tarishib, chiroqni o‘chirib tashqariga chiqib ketishdi. To‘lanboy go‘yo yigirma yashar yigit edi, Marjon esa onasi o‘pmagan qiz edi. To‘lanboy Otabek, Marjon Kumushbibi: “Siz o‘shami?” deydi ko‘zlariga ishonmay. “Ha, men o‘sha”, deydi To‘lanboy… U Fuzuliydan g‘azal o‘qiydi; g‘azalxonlik bilan tonglar otib ketadi, kunlar botib ketadi… Tunlar kunlarga ulanadi, kunlar esa oylarga. Marjon oyday to‘lishadi va oy-kuni yaqinlashib, qo‘chqordek o‘g‘il ko‘radi. Yana To‘lanboy otaning uzangi-yo‘ldoshlari bu xonadonga to‘planadi. Toshpo‘lat o‘tog‘a sovchilik saruposi deb berilgan saman otini minib keladi, Ahmad Donish esa zarbof to‘nga burkanib keladi. Chaqaloqqa ism tanlash marosimi rasmona bahs-munozaraga aylanib ketadi. Biri “Etmishboy bo‘lsin” deb taklif qiladi, boshqasi “Tavsan bo‘lsin, To‘landan keyin Tavsan keladi”, deydi. Jo‘yali taklifni To‘lanboy otaning o‘zi aytadi: “Bozurgon To‘ra bo‘ladi”, deydi. Shunday qilib, farzandning ismi Bozurgon To‘ra bo‘ladi. Bozurgon To‘raning qadami qutlug‘ keladi: ota-onasining ishlari baroridan kelib, xonadon qut-barakaga to‘ladi. U to‘rt yoshga o‘tgan kezlarda To‘lanboy otaning dehqon-fermer xo‘jaligi misli ko‘rilmagan darajada mo‘l-ko‘l hosil ko‘taradi, daromadni hisoblab hisobdan adashadilar. Oxiri to‘ng‘ich o‘g‘ilning taklifi bo‘yicha To‘lanboy ota yan-yangi “Mersedes” xarid qiladi. Bozurgon To‘ra moshinaga “Du-dut” deb nom qo‘yib oladi. Kunda-kun ora “Du-dut”ga minaman, deb xarxasha boshlaydi, ota kenjatoyini orqa o‘rindiqqa o‘tqazsa ko‘nmaydi, u kishi albatta oldinda o‘tirishi kerak. “Ha, mayli, melisa uchrasa, o‘zingiz javob berasiz”, deydi ota. Zominu Jizzax tomonlarni sayr etib qaytadilar… Ota-bolani kuzatib kolgan Marjonning ko‘zlaridan shashqator yoshlar oqadi. “Biru borim, yaratganingga shukr, — deydi pichirlab. — Bebaho ne’matingni darig‘ tutmaganiigga shukr…” O‘tgan umri qo‘rqinchli tush kabi lop etib ko‘z o‘ngidan o‘tadi. O‘tadiyu yorug‘ kunlar bor dunyosini qoplab oladi. Yaratgan Egamga qayta-qayta shukronalar aytadi, shukrona aytib charchamaydi… * * * Mana, birodarlar, kamina qulingiz guvoh bo‘lgan voqea shunday. Bu to‘qima ham, cho‘qima ham emas, o‘sma-surmasi ham yo‘q… Aslida, hayotning o‘zi mo‘jiza. Mo‘jiza bag‘rida mittigina afsonaning ro‘yobga chiqishi mumkin emasmi? Yoki afsonaga gumoningiz bormi?..
Joziba.Ru - Eng jozibali portal
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Chimildiq
Yozdi: * ☆ςεκρετηιγ παρεη☆ (4 Mar 2019, 11:08)
Ko'rilgan: 1689
Reyting: 3
*3 | 0*
Fikrlar: (2)
*Xabar:

* hec km (4 Mar 2019, 14:43)
Klasss...gap yo...oxiri yaxwilik bilan tugagan narsalar xammaga yoqadi wunca mexnat bilan saytga joylagan Jamshidakaga raxmat
* +++ajoyib+++ (4 Mar 2019, 13:59)
Charchab ketdey buncha ham
ayli zor
Bosh sahifa