Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | Chimildiqqa kirgan chol //ςεκρετηιγ παρεη// 14-qism
jurish-turishim sizlarg‘a malol kelyaptima? Nomus qilyapsizlarma? Yo sizlarga nasoq keltiryapmanma? — Voy o‘layin, unday dema! Qursog‘imga siqqan bola qavmimizga sig‘mas ekanma? Havlimizga sig‘mas ekanma? Lekin haliyam bir jigitding ro‘zg‘orini gullatadig‘an jo‘ning bor, jo‘yang bor, qizim. Biz sening baxtli-taxtli bo‘lishingdi o‘ylaymiz, enang o‘rgilgur! — Enajon, o‘zimdi sal-pal o‘nglab olay. Keyin bir gap bo‘lar… Ha, aytganday, akamlar nima deyishyapti? — Ular biz, chol-kampirdan o‘tib nimayam deyishsin? — Agar bu jurishim ularg‘a malol kelayotgan bo‘lsa, mayli, o‘tg‘a tashlasalaring ham, o‘choqqa otsalaring ham — roziman! — Unday dema, aylanay, unday dema. Nima, sen yomon nom chiqaribsanma?! Nojo‘ya qadam qo‘yibsanma? Faqat baxting ochilmadi-da, qizim. Marjon asta-sekin o‘zini o‘nglab oldi: yuzlariga qon yugurdi, ochilib-to‘lishdi. Qangli qishlog‘ining qirchillama yigitlari ham unga suqlanib qaraydigan bo‘ldi. To‘lanboy “akasi”ning esa o‘y-xayoli Jizzax tomonlarda edi. Nihoyat, sovchi bo‘lib boradigan baobro‘y odam ham topildi. Topgan odamlari Katta xirmon”da tug‘ilib, shu yerda o‘sib, tamomi “xonakilashib” ketgan Ahmad abziy edi. Kechki mol qaytar chog‘i sirdaryoliklar Marjonlarning uyini so‘rab-surishtirib, topib bordilar. Mezbonlar mehmonlarni siyi-sifati bilan kutib ham oldilar. Marjon kelgan mehmonlardan birini — Toshpo‘lat o‘tog‘ani tanib, bularning bekorga kelmaganini sezgan bo‘lsa-da, o‘zini bilmaslikka solib, yumushi bilan ovora bo‘ldi. Mehmonlarga dasturxon yozildi. Boshda gaplari ko‘pam qovushavermadi. Ahmad abziyni hamqishloqlari Ahmad Donish derdi. Usiz davraga jon kirmas, hangoma qizimas, gap-gashtaklar o‘t olmas edi. U davraning ta’bi-tabiatiga qarab darhol jilovni o‘z qo‘liga olardi. Mana, hozir ham gaplar qovushavermagach, Ahmad abziy latifa boshladi. Latifadan so‘ng o‘ng‘aysizlik barham topdi. Rosa kulishdi. Endi gaplari ham gaplariga qovusha tushdi. Sovchilikdan, qulchilikdan so‘z ochildi. Odam Ato bilan Momo Havvodan gurung ketdi… Axiyri bir to‘xtamga kelindi. Yana bir aylanib, oradan oy o‘tkazib kelingizlar, degan javob olindi. Yaxshi gap — yaxshi, xayrli ish — xayrli. Bu odamlarning yaxshi niyatda kelgani Marjonning tug‘ishganlari tomonidangina emas, tutinganlari, qo‘ni-qo‘shnilari o‘rtasida xam xushxabardek qabul qilindi. Xonadon egalari ning yuz-ko‘zlaridan, kutib-kuzatishlaridan ham rozilik alomati sezilib turardi. To‘lanboy ota sovchilarning “bo‘ri” bo‘lib qaytishini ko‘zlari to‘rt bulib kutmoqda edi. O‘g‘il-qizlarining, kelin-kuyovlarining, qolaversa, ayrim og‘zi botir uzangi-yo‘ldoshlarining oldida o‘sal bo‘lib qolishini o‘ylasa, dili-dunyosi xufton bo‘lib ketardi… Kun namozi shomga daxldor bo‘lar-bo‘lmas sovchilar “assalomu alaykum”ning kashtasini kelishtirib kirib keldilar. Dasturxon yozilar-yozilmas, botirning nayzasi tegsin-da sinsin deganday, ishning yengil ko‘chib, o‘ngidan kelganini ayta soldilar. Albatta, xushxabarni eshitgan To‘lanboy ota o‘zini qo‘yarga joy topolmas edi. * * * Dovrug‘i yetti iqlimga
Joziba.Ru - Eng jozibali portal
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Chimildiq
Yozdi: * ☆ςεκρετηιγ παρεη☆ (4 Mar 2019, 11:06)
Ko'rilgan: 710
Reyting: 2
*2 | 0*
Fikrlar: (0)
*Xabar:

Xabar yo'q!
Bosh sahifa