Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | Chimildiqqa kirgan chol //ςεκρετηιγ παρεη// 13-qism
Marjon aftoda, abgor bo‘lib otasinikiga borgandan so‘ng sovchi degani yopirilib kela boshladi. Sovchi yuboruvchilarning deyarli hammasi kuygan qullardan — birining xotini o‘lgan, biri xotin qo‘ygan, birlari tirnoqqa zor, birlari esa boladan bezor. Biroq, sovchilarning bari bo‘ri emas, tulki bo‘lib qaytmoqda edi. Hammasiga rad javobi berilardi. Marjonning javobi shunday bo‘lardi: “Men kalish edimmi, to‘g‘ri kelgan kishi kiyib ketaveradigan! Qolaversa, erga tegib ham bo‘ldim, erdan chiqib ham bo‘ldim. Ersiz xotinni yer ko‘tarmas ekanmi? El yer ustida yursa, men shu kezgacha yer tagida yashab keldim…” Marjonning enasi Jizzax bilan Zomin obravida tilga tushgan chevarlardan edi. U gilam, zulqurs, olacha to‘qishning piri. Marjonning bo‘y yetgan qizga o‘xshab o‘zini toshoynaga solib-toshoynadan oladigan vaqtlari o‘tib ketgan. Endi enasining kasbini, chiqqan qiz chiydan tashqari deganday, ilgariroq o‘rganmaganiga o‘kinadi. Nachora, hech bo‘lmagandan ko‘ra kech bo‘lgani yaxshi. Boz ustiga, bekorchidan Xudo bezor deb qo‘yibdilar. Bekor o‘tiraversa, chechalari bilan kelinlari o‘rtasida ham izzat-hurmati to‘kilishi mumkin. Chillali bolaning joyi boshqa degan gap bexuda aytilmagan. Mehnat — o‘tdan issiq. U enasining kasbini o‘rganishga qasd qildi. Ishni jun savashdan, urchiq yigirishdan boshladi. Hafta-o‘n kun orasida junga ishlov berishni, kalava bo‘yashni, o‘rmak to‘kishni o‘rganib-o‘zlashtirib oldi. Zulbaroq to‘qishga o‘tishdan avval olacha to‘qishning havosini oldi. Mashaqqatlardan qochmadi. O‘rmakni qanday qurishni, dastgohlarni qanday tayyorlashni, ko‘targini kuziviga qanday birlashtirishni, seruviga ipni qanday o‘rashni, adarg‘ini qay yo‘sinda o‘rnatishni, qilichni qanday qoqishni, siltashni, qoziqlarni qanday urib, oyoqlarini qanday tiklashni, nihoyat, adarg‘ini qay tartibda tortib borishni — hamma-hammasini miridan-sirigacha mukammal egalladi. Junni qanday savab, undan patti vitni qanday ajratishni, jun bilan paxtani savash o‘rtasida farq borligini ham biladigan bo‘ldi. Erish bilan arqoqni qanday yigirishning mashqini oldi. Enasining ko‘z o‘ngida o‘rmakni o‘rnatishni, to‘qishni ko‘rsatib bir necha bora ko‘rik-sinovdan o‘tdi. So‘ng enasidan oq fotiha oldi. Irim uchun unga oqlik sovg‘a qildi. Shu tariqa chevar degan unvonli ham bo‘ldi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay u gilam-zulbaroqning turli-tuman xillarini — qozoqi, arabi, qashqari, eroni, afg‘onilarini maromiga yetkazib to‘qishga kirishdi. Bir oy deganda bitta gilamni qo‘ldan chiqaradigan bo‘ldi. Bitta gilam falon pul! Mehnatni, sarf-xarajatni hisobga olmaganda, bir zulbaroqdan kattagina ro‘zg‘orni bemalol bir oy tebratgulik non qoladi. Qolganda ham ona sutiday halol non! Marjonning ishini Xudo o‘ngladi. Eng muhimi — uydagilarga “ortiqchaligi” sezilmasdi. Behuda gap-so‘zlarga ham o‘rin qolmadi. Sovchilarning esa keti uzilmasdi. Ba’zan enasi uni yo‘lga solmoqchi bo‘lardi: — Enang aylansin, u kuni kelg‘an kishilar yomon jerdan emasdi. Otangding ham o‘shalarg‘a ra’yi borday, chog‘i. — Ena deyman, mening
Joziba.Ru - Eng jozibali portal
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Chimildiq
Yozdi: * ☆ςεκρετηιγ παρεη☆ (4 Mar 2019, 11:06)
Ko'rilgan: 457
Reyting: 2
*2 | 0*
Fikrlar: (0)
*Xabar:

Xabar yo'q!
Bosh sahifa