Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | Chimildiqqa kirgan chol //ςεκρετηιγ παρεη// 12-qism
bek qiladig‘an ayol edi. Esiz. Birniki mingga, mingniki tumanga deb shuni aytadi. Esirgap birgina o‘zini jomonotliq qilmadi. Hammamizga isnod keltirdi, …furush! — Esirgapdan nolib bo‘larmidi! Boshdayam go‘r emas edi. Buning ustiga, kasalmand bo‘lib qoldi. U emas-bu emas, o‘rtada Marjonding baxti bog‘landi. Dod deb ketdi sho‘rlik… * * * Toshpo‘lat o‘tog‘a g‘ishtning qolipdan bunchalik yengil ko‘chishini o‘ylab ham, bo‘ylab ham ko‘rmagan edi. Endi hamma gap Marjonning tuqqan-tug‘ishganlarida, ko‘proq og‘alarida qolgan edi. U ertasi kuni kechga tomon To‘lanboy otanikiga ovi o‘ngidan kelgan ovchiday xursand bo‘lib bordi. Ikki uzangi-yo‘ldosh yonboshlab olib, yotib olib gaplashdilar. — To‘lan deyman, endi bundan bu yog‘iga seni yana sensirayman, chidasang shu, jo‘ra… Oving baroridan keladig‘ang‘a o‘xshaydi. Jizzaxding Yoyilma sayhonidagi Qangli qishlog‘ini bilasanma? — Nimaydi? — Sen mo‘ljalg‘a olg‘an qush o‘sha tomonga uchib ketdi. — Bu nima deganing? Tushuntirib gapir. O‘tog‘a bo‘lib o‘tgan voqeani bir boshdan aytib berdi. — Qangli qishlog‘ini nega bilmas ekanman? Kerak bo‘lsa, ular bilan azal-azaldan sirdosh bo‘la kelg‘anmiz, pirdosh bo‘la kelg‘anmiz. — Kelg‘an bo‘lsalaring, kelg‘andirsiz. Biraq, Marjonding ota-onasi, og‘alari senga ko‘narmikan? Endi o‘rtag‘a baobro‘y bir kishini qo‘yishga tuvri keladi. — Amaldor desang amaldoridan, oqsoqol desang oqsoqolidan topamiz. Baribir hamma ishding boshida o‘zing turasan. O‘zingni u yoq-bu yoqqa tashlama. — Bo‘pti. Gap sening qilar sarupongda. — Sarupo sendan aylansin! Sarupoyam gap ekanma, ot mindiraman, ot. Zarbof to‘n kiydiraman! — Hay, bilmadim-ov. Koshki edi gapingda tursang. Endi elda e’tiborli, anov-manov degan odam gapini qaytara olmaydi gan bir kishini topish kerak edi. Undan tashqari, To‘lanboy otaning uy ichidagilar bu gapni qabul qiladilarmi-yo‘qmi, bu eng asosiy masalalardan biri. — To‘lan deyman, biz hali osmonda juribmiz, yerga tushganimiz jo‘q. Oilangding past-balandini men yaxshi bilmayman. Uydagilaring — o‘g‘il-qizlaring nima deydi? — Tuvri aytasan. Birgina kenja qizim shu haqda gap ochilsa, boshdan qarshilik ko‘rsatib keladi. Enamning to‘shagini yot ayolga bermaymiz, deydi. Otam ham qiziq, yoshi o‘tib qolg‘anig‘a qaramay uylangudek jo‘ni bor, deb xunob bo‘ladi. Otamding fe’l-atvoriga uncha-muncha xotin dosh berolmaydi, deydi. Akalari turtibam, surtibam ko‘rdi. Baribir ko‘nmadi. — Ha, o‘zi shunday bo‘ladi. Qiz xalqi enasining bosgan iziniyam begona xotinga ravo ko‘rmaydi. Eng muhimi — o‘g‘illaring bir yoqadan bosh chiqarsa, bas. — O‘g‘illarimdan minnatdorman. Enalarining jili o‘tishi bilanoq menga mo‘min-qobilgina bir ayol izlashga tushgan. Shu paytgacha chamaga tuvri keladigani topilmay kelar edi. — Joshligini hisobga olmag‘anda, Marjon senbop ayol. Gap endi uni, tuqqan-tug‘ishganlarini ko‘ndirishda qoldi. — Ko‘nadi. Buni ko‘nglim sezib turibdi. Endi bitta baobro‘y kishi bilan ostonasiga bosh urib borishing kerak, vassalom. — Xo‘p dedim-g‘u, jo‘ra. * * * Ko‘pda Xizr bor degan gap — gap.
Joziba.Ru - Eng jozibali portal
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Chimildiq
Yozdi: * ☆ςεκρετηιγ παρεη☆ (4 Mar 2019, 11:03)
Ko'rilgan: 482
Reyting: 2
*2 | 0*
Fikrlar: (0)
*Xabar:

Xabar yo'q!
Bosh sahifa