Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | Chimildiqqa kirgan chol //ςεκρετηιγ παρεη// 11-qism
jukini ikkalasi teng tortmasa, yo bo‘yinturuq ishdan chiqadi, yo ho‘kiz o‘ladi. Marjon bu oilaning to‘zib-tugamasligi uchun uzini o‘tg‘ayam, cho‘qqayam urdi. Endi bu yog‘iga ko‘pchilik nima desa shu. Marjon hali-hamon asosiy gapni aytolmay o‘tirgan edi. Endi aytishning xonasi keldi: — Xudoylikdi aytg‘anda, bu uyg‘a mening qadamim yoqmag‘ang‘a o‘xshaydi. Qo‘limdan kelg‘an xizmatimdi qildim. Bu yog‘iga toqatim tugab bo‘ldi. Tuvri, amal-taqal qilib kun o‘tkazsa bo‘ladi. Ammo xo‘jayinim allaqachon meni uch taloq qilib bo‘lg‘an. Javobimni berg‘an. Endi bu uyda turishimam, tirikchiligimam harom. Bu gandi ichimg‘a jutib jurib edim. Bugun aytmasam bo‘lmaydi shekilli. Ko‘rgan yaxshi-yomon kunlarimizding hurmati, manovi kishini bir uyda yolg‘iz tashlab ketishni itlik deb bildim — deb Esirgapga ishora qildi. — Axir, it hech qachon egasini tashlab ketmaydi-g‘u. Endi, mana, sizlar guvoh, bu uyda ortiqcha turishim shariatgayam, sharmgayam tuvri kelmaydi. “Uch taloq” daragini eshitgan “byuro a’zolari” bu ro‘zg‘orning tuga bitganini ich-ichidan his etib, noqulay ahvolga tushdi. Marjon uchun xijolatli tomoni bu davrada Toshpo‘lat o‘tog‘aning o‘tirgani edi. “Byuro majlisi” poyoniga yetdi. Marjonning qarindoshlari shu oqshomdayoq bu bebaxt jigargo‘shalarining ko‘ch-ko‘ronini bir mashinaga bosib uylariga jo‘nadi. Marjon ham yig‘lay-yig‘lay mashinaga chiqdi. Oradan birmuncha vaqt o‘tib, tug‘ishganlari Esirgapni savdoyilar davolanadigan shifoxonaga joylashtirdi. Shundan so‘ng Ulug‘bekda yashaydigan yoshu keksaning tilida Esirgap oilasining baland-pasti “do‘mbira” bo‘la boshladi: — Xotin bo‘lsa, Marjonday bo‘lsa qani edi! Aqlu xushdan, buy-bastdan, muomaladan kami jo‘q edi. Insof bilan aytg‘anda, u sho‘rlik odamiga tushmadi. Endi uchdi-ketdi. — Shunday ayolni mardikor bozoriga chiqarib qo‘yg‘an odam xor bo‘lsin-a! Sadqai xotin ket-a, singilg‘ar! — O‘sha o‘ttizinchi jillarni sizlar bilmaysizlar. U jillari davlatding odamlarg‘a yordam berish u yoqda tursin, kulbasidagi qora chirog‘igacha jiyishtirib olib qo‘yg‘an edi. Endi mol-mulk o‘rtada bo‘ladi, kallektivniki bo‘ladi, deb. Hazir davlatimiz mol desang mol jer desang jer, pul desang pul buni sso‘da deyma, kiridit deyma, bilmadim berib tursa. Boy bo‘l deb tursa. Savdogarchilik qo‘lingdan kelsa, buni qil deb tursa. Tag‘in nima kerak? Shuncha imkoniyatlardan keyin ham dod degan odam, bilmadim, qanday odam! Azal-azaldan, hatto paig‘ambarimiz davridayam podsholik faqat mayib-majruhlarg‘a, kimsasiz qariyalarg‘a yordam berib kelg‘an. To‘rt muchasi sog‘ odam, marhamat qilib, aravasini tortsin. Men faqat Esirgap tuvrisida gapirajatg‘anim jo‘q. Haziram pana-panada, davralarda davlatdan noliydig‘an noshukr, bebaror kishilar tuvrisida gapirajatipman. — Gapding o‘g‘ilbolasini aytdingiz! Marjon qo‘lidan kelg‘ancha qora qozonini qaynatib turish uchun urinib-surindi. Esiz xotin, esiz odam! Hamma ishlaridan xabarim bor. Koshki edi, hamma ayollaram o‘shanday bo‘lsa. Manaman degan uyding chirog‘ini porillatib jog‘ib turadigan, quldi
Joziba.Ru - Eng jozibali portal
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Chimildiq
Yozdi: * ☆ςεκρετηιγ παρεη☆ (4 Mar 2019, 10:59)
Ko'rilgan: 489
Reyting: 2
*2 | 0*
Fikrlar: (1)
*Xabar:

* hec km (4 Mar 2019, 14:29)
Eri er bolgan ayol werdir...eri er bolmagan ayol qaro yerdir...
Bosh sahifa