Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | Chimildiqqa kirgan chol //ςεκρετηιγ παρεη// 10-qism
gapirsin. Qani, o‘zi nima gap? Bor gapni borligicha o‘rtaga to‘kib soladigan kuyov qayda deysiz: Esirgap yelkasini qisgan ko‘yi o‘tirar, yer o‘yilib, osmon uzilib tushsa ham go‘yo parvo qilmas edi. Xuddi to‘qaydan tutib kelingan tovushqonday o‘zi bilan o‘zi ovora edi. U allaqachon savdoyi bo‘lib qolgan. Unga daryoning u beti bilan bu beti birday edi. Yerdan sado chiqsa chiqar ediki, undan sas ham, sado ham chiqmasdi. Gap yana Marjonning o‘zidan bo‘ldi: — Men bu kishig‘a ham oson tutmayman. Bu uyga kelg‘animdan beri ahvol shu. Boshda bunchalik ichmas edi, bunchalik beg‘am emas edi. Yaxshig‘ina ishlab jurardi, o‘lmas bir kunimiz o‘tib turib edi. Oyma-oy maosh olishi orqaga tortilaverdi. Bora-bora birvarakayiga to‘xtadi-ko‘ydi. So‘ng ichib kela boshladi. “Siz”lab so‘ylaydigan og‘zi “sen”ga o‘tdi. “He-e, o‘sha seni tuqqan onangdi”ga o‘tdi. Buyam yetmag‘anday, Xudoning berg‘an kuni urish-janjal… O‘shandayam g‘ing demadim, dod solib, shovqin-suron ko‘tarmadim. Nima bo‘lsa ichimg‘a jutdim. Mana, qo‘ni-qo‘shnilarim guvoh. Yon qo‘shnisi, ko‘p yillar kolxozda hosilotlik qilgan kishi Marjonning gaplarini qo‘llab-quvvatladi: — Xudoni o‘rtag‘a qo‘yib aytg‘anda, hamma gapdan xabarimiz bor. Ha, Marjondi Xudo tirnoqdan qisg‘an. Boshqa nuqsonini bilmaymiz. Bor aybi — shu ro‘zg‘ordi tebratib turishi. Bozor-o‘char qilib jurishidan ham, mardikorlik ko‘chasiga kirganidan ham boxabarmiz. Bir ayol bo‘lsa shunchalik bo‘ladi-da! Esirgap ham binoyidek jigit edi. Uyi sing‘andan keyin dovdirab qoldi. Marjong‘a uylangandan so‘ng ro‘zg‘ori izga tushib ketar deb edik… “Mardikorlik ko‘chasiga kirgan” degan gapni Marjonning og‘asi ko‘tarolmadi. Bu gap unga og‘ir botdi, singlisiga yovqarash qildi — izoh berishini so‘radi. Marjon boshidan kechirgan voqealarni bir chetdan gapirib berdi. So‘ng so‘z navbati “byuro a’zolari”dan biri — Toshpo‘lat o‘tog‘aga keldi: — Marjonning jurish-turishidan bir men emas, qishlog‘imizding yoshu qarisi minnatdor. Xudo o‘zi har jaxshini bir jeridan kam qilib yaratar ekan. Birgina otboqari yo o‘tyoqari (o‘g‘il yo qiz demoqchi) bo‘lg‘anda bormi, Marjon bu qishloqding osmonidan uchmas edi, bu yerga qo‘nib ham o‘tmas edi. Bilmadim, Esirgapga nima jin urdi ekan, keyingi uch-to‘rt jil ichida besh kishining boshi birikkan joyg‘a borolmay qoldi. Aravani teng tortolmay qoldi. Aka-ukalariyam hayron. Ular ham vaqti kelg‘anda qarab turg‘ani jo‘q. Biraq, qo‘ldan berg‘ang‘a qush to‘ymas deganday, har kim o‘zidan qolmasin ekan. O‘ng qo‘ldi chap qo‘lg‘a muhtoj qilmasin ekan. Nima bo‘lg‘andayam, bu xonadonning to‘zimi… Nima deyishniyam bilmay qoldim. “Byuro a’zolari” orasida yer yorilib, yerga kirib ketguday bo‘lib o‘tirgan Esirgapning otasi boshini xam qilgan ko‘yi tilga kirdi: — Bolam sho‘rlik boshidan bo‘sh bo‘ldi. Buni odam soniga qo‘shib jurg‘an — o‘sha oldingi kelinimiz edi. Nachora, kuni qisqa ekan. Undan so‘ng dovdirabroq qoldi. Bir biti kirib, bir biti chiqib deganday… Marjong‘a kelsak, uning kami jo‘q. Aytib qo‘yibdilar-g‘u, eru xotin — qo‘sh ho‘kiz deb. Ro‘zg‘or

davomi bor!..
Joziba.Ru - Eng jozibali portal
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Chimildiq
Yozdi: * ☆ςεκρετηιγ παρεη☆ (4 Mar 2019, 00:36)
Ko'rilgan: 555
Reyting: 2
*2 | 0*
Fikrlar: (0)
*Xabar:

Xabar yo'q!
Bosh sahifa